Ishonch raqami
+998 97 628 28 82
Ishonch raqami
+998 97 628 28 82
Mirzachoʻl tuman 2-son texnikumi
Bizning elektron pochtamiz
mirzacholtexnikum@gmail.com23.04.2026 10:00
2026-yil 23-aprel kuni Jizzax viloyati Mirzacho‘l tuman 2-son texnikumi tashabbusi bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida “5000 qadam” loyihasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar kuni” hamda “Sport kuni” tashabbuslari doirasida o‘tkazildi.
Tadbirda texnikum o‘quvchi-yoshlari faol ishtirok etib, belgilangan yo‘nalish — O‘zbekiston shoh ko‘chasidan Cho‘lquvar haykali orqali Hokimiyat binosigacha bo‘lgan masofani piyoda bosib o‘tdilar.
Ushbu loyiha orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlik va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashish, shuningdek ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsad qilindi.
Tadbir davomida jamoat tartibi va ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlashda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shu kabi targ‘ibot tadbirlari kelgusida ham davom ettiriladi.
So’ngi yangiliklar
Mirzachoʻl tuman 2-son texnikumi
Mirzachoʻl tuman 2-son texnikumi
Dushanba - Juma: 9:00 - 18:00 Shanba - Yakshanba: Dam olish kunlari
+998-72-312-26-01
+998 72-312-26-02