Ishonch raqami
+998 97 628 28 82
Ishonch raqami
+998 97 628 28 82
Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi
Bizning elektron pochtamiz
mirzacholtexnikum@gmail.com26.08.2025 10:00
Mirzacho'l agrosanoat texnikumida yoshlar tarbiyasi va ta’lim-tarbiyadagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ota-onalar ishtirokida samimiy uchrashuv tashkil etildi.
✏️Tadbirda faxrli mehmonlarimiz – Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i mayyor O.Xolmatov, Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o'rinbosari U.Rustamov, tuman hokiming Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Mavlonova, shuningdek, JDPU maktabgacha ta'lim kafedirasi dotsenti G.Xamidova ham qatnashib, yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir davomida texnikum faoliyati, bitiruvchilarimizning yutuqlari va istiqbolli rejalar haqida taqdimot qilindi.
Chet tillar o‘qituvchilari, bitiruvchi yoshlar va ota-onalar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Savol-javoblar jarayonida ota-onalarni qiziqtirgan masalalarga atroflicha javoblar berildi.

Uchrashuv yakunida barcha ishtirokchilar ta’lim-tarbiya masalasida ota-ona, ustoz va jamiyat hamkorligi eng muhim omil ekani ta’kidlandi hamda texnikumda yaratilgan imkoniyatlar, sharoitlar, va qulayliklar bilan atroficha tanishib chiqdilar.
Texnikumimiz o‘z faoliyatida bundan buyon ham yoshlarning barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida ota-onalar, davlat tashkilotlari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni davom ettiradi.

So’ngi yangiliklar
Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi
Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi
Dushanba - Juma: 9:00 - 18:00 Shanba - Yakshanba: Dam olish kunlari
+998-72-312-26-01
+998 72-312-26-02