Ishonch raqami
+998 97 628 28 82
29.08.2025 11:00
Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida yangi 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida avgust kengashi o‘tkazildi. Tadbirda texnikum rahbariyati, pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, psixologlar, faxriy o‘qituvchilar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Kengash davomida:
⚡️ Texnikum direktori Sh.Kukanova yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, erishilgan yutuqlar va tizimdagi kamchiliklar haqida ma’ruza qildi.
⚡️ O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Parmonov pedagogik innovatsiyalar va kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha fikr bildirdi.
⚡️ Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Zayniddinov yangi o‘quv yilida maxsus fan o‘qituvchilari, amaliyot rahbarlari va ishlab chiqarish ustalari oldidagi vazifalarni belgilab berdi.
⚡️ Texnikum psixologi A.Shaybekova tomonidan “Birgalikda ishlasak – bolalar baxtli, jamoa barqaror” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
⚡️ Maxsus fan o‘qituvchisi O.Qurbonova Shveytsariya tajribasi asosida “Vaziyatga asoslangan o‘qitish metodikasi” bo‘yicha trening tashkil etdi.
⚡️ Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Xundiboyev “Time management – barcha ishlarga ulgurish san’ati” mavzusida motivatsion trening o‘tkazdi.

⚡️ Tadbir yakunida faxriy o‘qituvchilar, hamkor tashkilotlar vakillari va texnikumning faol xodimlari taqdirlandi.
⚡️ Texnikum direktori Sh.Kukanova yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalarni belgilab berdi.
Seminar do‘stona va samimiy muhitda o‘tdi, ishtirokchilarga katta ruhiy hamda kasbiy motivatsiya bag‘ishladi.
So’ngi yangiliklar